Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya majlisida Bag‘dod tumani 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan mahallabay (shaxsbay) manzilli ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatidan chiqarish masalasi ko’rib chiqildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tumanning 2026-yil budjeti va shaharsozlik hujjatlari ijrosi muhokama qilindi.
янв.21
Deputatlar hududlarda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Samandarak mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Muammolar yechilmoqda, takliflar e'tiborda.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna oʻzi saylangan okrugdagi “Nevich” MFY yettiligi bilan mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamoat havfsizligi, aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, gaz, elektr va suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Tadbirda deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida yuz berayotgan o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida
ma’lumotдфк berildi. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fikr va takliflar tinglandi. Muloqot davomida deputat mahalladagi hokim yordamchisi va xotin-qizlar faolining o‘z yo‘nalishidagi faoliyati bilan tanishib ularning amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi hamda uchrashuv natijasi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.
 

Slide 1 of 4