Muammolar yechilmoqda, takliflar e'tiborda.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 22-Bag‘dod saylov okrugi deputati O.Maxmudov Xalq demokratik partiyasi Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Xamraqulov bilan hamkorlikda Mexnatobod mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputat o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, yangi qabul qilingan qonun, qarorlar haqida saylovchilarga atroflicha tushuntirishlar berib, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “mahalla yettiligi” a'zolari bilan hamkorlikda amalga oshirilib kelinayotgan to'xtalib o'tdi.
Shuningdek saylovchilardan kelgan murojaat va takliflar yuzasidan mahalla yettiligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish chora-tadbirlari belgilandi.