Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yilgan bo’lib, shu asosida tuman Kengashi deputatlari mahallalarda o’rganishlar olib bormoqda.
Bag’dod tuman Kengashi deputati R.Amanova Mirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inida "Mahalla yettiligi" a'zolari bilan uchrashib, mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning 8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi”ning tomonidan ko‘rsatiladigan 64 turdagi ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligi o‘ganildi.