Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisida Bag‘dod tumani 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan mahallabay (shaxsbay) manzilli ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatidan chiqarish masalasi ko’rib chiqildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tumanning 2026-yil budjeti va shaharsozlik hujjatlari ijrosi muhokama qilindi.
янв.21
Deputatlar hududlarda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Samandarak mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Muammolar yechilmoqda, takliflar e'tiborda.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi.
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-Qoʻrgʻon saylov okrugidan saylangan deputat Toʻychiyev Naimjon Yusupovich oʻzi saylangan okrugdagi “Qoʻrgʻon” mahallalasida bo‘lib “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Tadbirda deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida yuz berayotgan o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fikr va takliflar tinglandi.“Mahalla yettiligi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim
yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ish samaradorligi ularning har biri o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyatiga bevosita bog‘liqligi deputat tomonidan aytib o‘tildi.Tadbir yakunida To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan “Qo‘rg`on” MFY yettiligi bilan fuqaroning murojaati o‘rganib chiqildi va holat yuzasidan qonuniy yechim topish uchun zarur chora tadbirlar rejasi belgilab olindi.
  

Slide 1 of 3