Tozalik va ozodalik oyligi doirasida amaliy tashabbus
Ma’lumki, 15-oktyabrdan 15-noyabrgacha mamlakatimizda “Tozalik va ozodalik oyligi” deb e’lon qilingan. Mazkur tashabbus doirasida ekologik madaniyatni oshirish, aholiningatrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini shakllantirish hamda hududlarniobodonlashtirish maqsadida turli ekologik aktsiyalar, hasharlar va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonEkologik partiyasi Taxtako‘pir tumani Kengashi raisi B. Baymbetova, Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi deputatiları A. Pirjanova, B.Dawletiyarova, “Qaraoy” OFY raisi A. Palmuratov boshchiligidatumandagi 36-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi faollari hamkorligida “Toza muhit — sog‘lom kelajak asosi” shiori ostida ekologik aktsiya o‘tkazildi.
Oylikning asosiy maqsadi —atrof-muhitni asrash, hududlarda obodonlikni ta’minlash hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib etishdan iboratdir.