Bag‘dod tumani mahalliy budjeti 2025-yil III choragi uchun daromadlar rejasidan oshirib bajarilgan hisobidan ajratiladigan mablag‘lar hamda Bag‘dod tumani mahalliy budjetining 2025-yil III chorak ijrosi yuzasidan tuman hokimi birinchi o‘rinbosari U. Maxmudovning hisoboti, shuningdek, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi deputatlik guruhi tashabbusiga asosan, Bag‘dod tumanida 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha ob’ektlarining issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullar hisobotlari eshitilib, muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida doimiy komissiyalarning qo‘shma qarori qabul qilindi.