Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Liberal demokratik partiya guruhi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bag‘dod tumanidagi Ijtimoiy soha obyektlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʼilishi boʼlib oʼtdi
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi hamda deputatlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputat nazorati.
янв.21
Bagʻdod tumanida  davlat dasturlari ijrosi yuzasidan nazorat tahlil tadbirlari o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

         Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

          Tuman hokimining birinchi oʼrinbosari Umidjon Maxmudov tomonidan 2025 yil 2-choragida mahalliy byudjetning ortiqcha tushumlaridan mablagʼlar taqsimoti yuzasidan axborot berildi.

          “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʼarmasi hisobidan ajratiladigan mablagʼlar muhokama qilindi.

           Аdliya boʼlimi, gaz va elektr taʼminoti, suv taʼminoti, maktab va maktabgacha taʼlim, tibbiyot, soliq, suv xoʼjaligi, chiqindi xoʼjaligi va yoshlar masalalari boʼyicha mutasaddilar hisobot berdi.

           Taʼlim sohasidagi muammolar, jinoyatchilikning oldini olish, maktabgacha taʼlimda sanitariya talablariga rioya qilish, kadrlar tayyorgarligi va taʼlim muassasalarida korruptsiyaga qarshi choralar ham sessiya muhokamasida alohida oʼrin egalladi.

          Shuningdek, deputatlar oʼz saylovchilari oldida hisobot berish tartibi yuzasidan jadval tasdiqlandi.

          Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

         Xalq vakillari masʼullarga saylovchilar murojaatlari asosida aniq va qatʼiy savollar yoʼlladilar. Muhokamalar ochiq va shaffof ruhda kechdi. Shu bois, sessiya 2 soatdan ortiq davom etdi. U Bagʼdod tumani hokimligining Аxborot xizmati rasmiy telegram kanali orqali jonli efirda namoyish etildi. (https://t.me/bagdodim_news/56090).

Slide 1 of 19