♻️Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 18-Dalvarzin saylov okrugidan saylangan deputat Rahimjonov Ulug'bek Qurbonboy o'g'li Ziyoli mahallasi saylovchilari oldida joriy yilning 28-oktabrda 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
♻️Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari D.Mirzakulov, mahalla raisi, Ziyoli mahallasining aholi vakillari ishtirok etdi.
♻️Uchrashuv davomida fuqarolardan tushgan murojaatlar mahalla yettiligi bilan o‘rganilib muammolarga yechim topish choralari ko‘rish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan reja va vazifalar belgilab olindi.
♻️Shuningdek, deputat U.Raximjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora - tadbirlar to‘g’'risida” gi PF-71-son Farmoni yuzasidan tushunchalar berdi.