Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati A.Buriyev Bekobod shahar Politexnikumida yoshlar bilan uchrashdi. Deputat bilan yoshlar uchun tashkil etilgan ochiq muloqot va g‘oyalar almashuvi maydonining asosiy maqsadi – yoshlarning ijtimoiy g‘oyalariga ishonch bildirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish orqali yoshlar faolligini oshirishdan iborat ekanligi, yurtboshimiz tomonidan yoshlarimizga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Politexnikum o‘quvchi yoshlarining “Atrof muhitni muhofaza qilish” haqidagi vedioroligi, Politeknikum talabasi Jasmina Qodirovani “Onlayin dorixonalar” ijtimoiy loyihasi va takliflarini eshitdi va qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli yordam berish borasida maslahatlar berib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari shahar Kengashi Kotibiyat mudiri X.Ibragimova, deputatlar J.Dushabayev va J.Usmonaliyevlar ishtirok etdi.