Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisida Bag‘dod tumani 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan mahallabay (shaxsbay) manzilli ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatidan chiqarish masalasi ko’rib chiqildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tumanning 2026-yil budjeti va shaharsozlik hujjatlari ijrosi muhokama qilindi.
янв.21
Deputatlar hududlarda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Samandarak mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Muammolar yechilmoqda, takliflar e'tiborda.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar

“Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Shu doirada tuman ishchi guruhi a’zolari navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazib, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha kunlik chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

✅ Yig‘ilishda oliygoh bitiruvchilarini mehnat bozoridagi ehtiyojlar asosida ishga joylashtirish, ular uchun tegishli bo‘sh ish o‘rinlari bazasini shakllantirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

🔹 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Sh. Raximov so‘zga chiqib, bitiruvchilar bilan manzilli ish olib borish, ularning qiziqishlari va mutaxassislik yo‘nalishiga mos ravishda korxona, tashkilot va muassasalarga samarali taqsimotini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

👉 Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar yoshlarning mehnat bozoriga to‘liq integratsiya qilinishi, ularning hayotda munosib o‘rin topishi, yuksak orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishi va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun xizmat qiladi.

Slide 1 of 3