Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
#24_ta_masala 🛡 16-Zarband saylov okrugiga qarashli Zarband mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati F.Abdurazzaqov tomonidan 16-Zarband saylov okrugiga qarashli Zarband mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud vaziyat, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 6 oyi davomida Zarband mahallasida 65 ta ariza va shikoyat qayd etilgan bo‘lib, shundan 12 tasi tan jarohati bilan bog‘liq murojaatlarni tashkil etgan. Shuningdek, tumanda og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar tahlilida Zarband mahallasida 1 ta holat qayd etilgan.

📌 O‘rganish yakunida mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, nizoli vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Deputatlik nazorati — hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularning sabablarini aniqlash va yechimiga ko‘maklashishning muhim vositasidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3