Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati M.Atajanova “Biybozor” OFY hududida barpo etilayotgan yangi ko‘prikdagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu muhim ob’ektda ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi alohida e’tiborga olindi.