Jalaquduq tumani Qutayba ziyoratgohi yo`lida ko`ngillilar hashari o`tkazildi. «O`zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida»gi Prezident
farmonida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari sifatida dolzarb vazifalar belgilangan. Jumladan, mazkur hujjatda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko`chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish alohida ko`rsatib o`tilgan. Hashar ommaviy tus oldi. Xasharchilar tomonidan ekilgan gul va rayhon ko`chatlari ko`chaga chiroy berdi.