Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"O'zbekiston - 2030" strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati bo'yicha Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi ishtirokidagi muhokama bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari” bo‘yicha hamda “Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari” bo‘yicha doimiy komisiyalarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 18-sessiyasi haqida ma’lumot.
янв.21
O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги депутат эшитуви бўлиб ўтди.
янв.21
"Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
ПҚ-133-сонли қарорининг Беруний туманида ижроси
янв.21
Prezident Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi
Deputatning o'z saylovchilari oldida 6 oylik hisoboti to'g'risida

 Joriy yil 28 iyun kuni Beruniy tumani "Shabboz" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 29-"Hamza" saylov
okrugidan saylangan Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi deputati Yuldasheva
Raxima Xaitbaevna tomonidan o‘z saylovchilari oldida 2024 yilning 6 oyi davomida
amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot berildi. Bundan tashqari, deputat uchrashuv davomida
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, hukumatimiz tomonidan
yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga tushuntirib
berdi. Uchrashuv davomida aholidan bir nechta murojaatlar kelib tushdi. Tegishli
tashkilotlar: "Beruniytumangaz", "Qoraqalpoq xududiy elektor tarmoqlari"
aksiyadorlik jamiyatining Beruniy tuman elektr ta’minoti korxonasi, “Qoraqalpoq
suv ta’minoti” MChJ Beruniy tumani bo‘limidan tashrif buyurgan xodimlar aholi murojaatlarini
tinglab, o‘z fikrlarini bildirdilar va amaliy yordam beradigan bo‘ldilar. Kelib tushgan 8 ta murojaatning 5 tasi
shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi. Qolgan 3 ta murojaatga deputat tomonidan
deputat so‘rovi chiqarish orqali hal qilinishi belgilandi.  

Slide 1 of 5