Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashi deputati " Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya" raisi Risqulova Gulchexra Anorqulovna 2025-yilning 29 aprelida Shova mahallasida joylashgan 40-sonli umumta'lim maktabida bo'lib, maktab ma'muriyati bilan ta'limdagi o'zgarishlar, yangi dars o'tish metodlari, yangi darsliklar va boshqa masalalar yuzasidan suhbatlashdi.