Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 18-Dalvarzin saylov okrugidan saylangan deputat U.Raximjonov o‘zi saylangan okrugidagi Oltin Vodiy va Ziyoli mahallalarida bo‘lib, har ikki mahallada yettiligi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi
Uchrashuvda deputat Ulug‘bek Raximjonov 2025 yilning 1-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarni qiynayotgan muammolar, takliflar eshitildi. Tuman darajasidagi muammolar bo‘yicha mutasaddilariga "deputatlik so‘rov" yuborilishiga kelishildi.
Deputat bu kabi uchrashuvlar aholining farovonligini oshirish, ijtimoiy adolatni o‘rnatish va korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi.