Yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Aholi murojaatlarini o‘rganish va hal qilish maqsadida qabul o‘tkazildi

Tuman hokimi fuqarolarni diqqat bilan tinglab, imkon qadar ularning muammolarini hal qilishga harakat qildi. Murojaatlar asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va suv ta'minoti, murakkab jarrohlik amaliyotlari, sog‘liqni tiklash uchun zarur tibbiy yordam, aliment undirish va oilaviy nizolar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari esa ijobiy hal qilish uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga yo‘naltirildi. Ba'zi murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy maslahatlar ham berildi.

Slide 1 of 3