Bugun Bekobod tumani “Ilg‘or” va “Qo‘rg‘on” mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 3-sektor rahbari - Bekobod tumani hokimi o‘rinbosari D.Mirzakulov va Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati X.Jumaboyov ishtirokchilarga Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, islohotlar yo‘nalishlari hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi.