🔹 HUDUDIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA TAJRIBA ALMASHINUVI
🏛 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev Andijon viloyatida xizmat safari doirasida hududiy vakillik organlari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
🤝 Xizmat safari davomida mahalliy Kengashlar ishini samarali tashkil etish, deputatlar va kotibiyat xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi amaliy tajribalar o‘rganilmoqda.
📚 Shuningdek, hududda Kengashlar faoliyatiga joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
📌 O‘zaro tajriba almashish jarayonida ilg‘or amaliyotlarni Oqoltin tumani Kengashi faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.