Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov Adliya bo‘limi huzurida faoliyat yuritayotgan «Madad» huquqiy maslahat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O`rganishda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
📌 Huquqiy bilim — huquq va manfaatlarni himoya qilishning mustahkam poydevori!
🤝 Aholiga sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish — ustuvor vazifamiz!