Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha, agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha xamda korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur yig’ilishda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 5-sessiyada ko‘riladigan masalalar muhokama qilindi.