Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 17-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Oltinsoy tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan navbatdagi sessiya ish olib bordi.

​kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

​Muhokamalar jarayonida so‘zga chiqqan ma’ruzachilarga tuman Kengashi deputatlari tomonidan qator savollar va aniq takliflar bildirildi. Jumladan, deputatlar:

​M.Qarshiyev

X.Tavasharov

​A.Mamatmuratov

​J.Jabbarovlar

​o‘z okruglaridagi saylovchilar manfaatlaridan kelib chiqib, tuman iqtisodiyotini yuksaltirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qabul qilinayotgan dasturlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi

​Bildirilgan takliflar asosida soha mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi.

​Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 1