Yangiliklar

🔘Sifatli mahsulot, sog‘lom jamiyat!

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Jabborov hamda kotibiyat mudiri Q.Bobojonovlar tomonidan hududdagi bozorlar faoliyati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi, ularning sifat darajasi hamda bozorlardagi yetarliligi atroflicha tahlil qilindi.

🔹Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Ayrim holatlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2