Yangiliklar

🔘 DEPUTAT MAHALLADA

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati U.Rahimjonov o‘z hududida joylashgan savdo do‘konlarida bo‘lib, aholining kundalik iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning narx-navolari bilan yaqindan tanishdi.

🔹Deputat o‘rganish jarayonida mahsulotlar assortimenti, ularning sifati, narxlarning barqarorligi hamda aholiga qulay sharoitlarda yetkazib berilayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbatlashib, bozordagi narxlar shakllanishi, yetkazib berish zanjiri va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi.

🔹Mazkur tashrif hududda narx-navoni barqaror saqlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2