Yangiliklar

Deputat 1-chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 16-fevraldagi VII-23-19-7-101-K/26-sonli qaroriga muvofiq deputatlarning saylovchilarga axborot berish grafigi asosida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Qilichev tomonidan Bog‘onali mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3