Yangiliklar

📌 Sessiya yakunida kotib axboroti eshitildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 20-sessiyasi yakunida sessiya kotibi tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan yakuniy axborot o‘qib eshittirildi.

Unda sessiya belgilangan tartibda o‘tkazilgani, 16 ta masala ko‘rib chiqilgani hamda ayrim tashkilot rahbarlarining hisobotlari keyingi sessiyaga qoldirilgani qayd etildi. Shuningdek, barcha muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingani ta’kidlandi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida muhim qarorlar bir ovozdan ma’qullandi.

✅ Shu bilan sessiya kun tartibidagi barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1