Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tumanda joylashgan “Yangi-Kent”, “Mehnat-Roxat” va “Ming-Chinor” nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Sessiyada mas’ullar tomonidan mazkur nasos stansiyalarining mavjud holati hamda ularni zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash zarurati yuzasidan ma’lumot berildi.
📌 Qarorga muvofiq:
– “Yangi-Kent”, “Mehnat-Roxat” va “Ming-Chinor” nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha taklif ma’qullandi
– mazkur loyihani amalga oshirish ishlari tasdiqlandi
Mazkur tashabbus suv ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish hamda mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)