Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nurmuxamedov Ulug‘bek tomonidan 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish o‘tkazildi.
📝 Mazkur o‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qonunchilikka oid bilimlarni yetkazish hamda huquqiy adabiyotlardan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📖 Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida maktabda tashkil etilgan huquqiy burchaklar, mavjud adabiyotlar fondi hamda o‘quvchilarning ulardan foydalanish darajasi o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida pedagog xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilarga huquqiy bilimlarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)