Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati U.Nurmuxamedov tomonidan Bahrin mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
📝 Aholi bilan uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar o‘z yechimini topmay kelayotgani jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
⚠️ Holat quyidagicha:
— yangi temir-beton tayanchlar va yangi elektr tarmoqlari tortilgan;
— biroq eski yog‘och tayanchlar va foydalanilmayotgan eski tarmoqlar hanuzgacha joyida qolmoqda.
❗️ Eng achinarlisi, bu masala yangi emas.
O‘tgan yilda deputat so‘rovi yuborilib, masala 2025-yil yakuniga qadar hal etilishi va’da qilingan edi.
❗️ Ammo bugun — 2026-yilning 1-choragi ham ortda qoldi. Natija esa yo‘q.
❓ Endi savol tug‘iladi:
bu yil ham muammo e’tiborsiz qoldiriladimi?
Yoki yana faqat qog‘ozdagi javob xat bilan cheklaniladimi?
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)