Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, aprel oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

Hisobotlar va muhokamalar

✅Viloyat IIB boshlig‘ining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitish.

(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

✅Viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida gaz ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali boshlig‘ining hisobotini eshitish.

(Mas’ul: Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

✅“Davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2025-yilda amalga oshiriladigan chora - tadbirlar” Yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan Viloyat maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasida o‘rganish ishlarini amalga oshirish hamda mahalliy Kengash sessiyalariga masala kiritishi yuklatilgan.

(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

Nazorat va tashkiliy tadbirlar

✅ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senatga kiritilgan qonunlarni muhokama qilish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh yuristkonsulti D.Yuldasheva)

✅Kengash ish rejasining bajarilishini muhokama qilib borish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Abduraimov)

✅Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish va tahlil qilib borish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Abduraimov)

🌐 Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Tolliboyev)

🌐OAVda materiallar chop etish va intervyular berish, sessiyalarni jonli efirda yoritish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Begimqulov)

👍 Ushbu tadbirlar aprel oyida viloyat miqyosida huquqiy targ‘ibot, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

✈️@sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 1