Yangiliklar

BOZORLARDA BARAKA, XALQ UCHUN NEʼMAT

🔹Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Saidova tomonidan oʻziga biriktirilgan hududda joylashgan bozorda aholi isteʼmoli uchun eng zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi hamda ularning yetarliligi holatini oʻrganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.

🔹Monitoring natijalariga koʻra, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjud ekani, ayrim turdagi mahsulotlar narxida esa mavsumiy oʻzgarishlar kuzatilayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, narx-navoning asossiz oshib ketishining oldini olish, aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berishni taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹Mazkur oʻrganishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilishi, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda bozorlarda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 2