Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔘DEPUTAT VA XALQ

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini taʻminlash doirasida joylarda tizimli ishlar davom etmoqda.

Reja-jadvalga muvofiq, Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati I.Qodirova 7-Oʻzbekiston saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻrikzor mahallasida 2025-yil yakuni va 2026-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi hamda aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹Uchrashuvda tumandan tegishli xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar masʻullari ishtirok etishdi.

🔹SHu jumladan deputatga biriktirilgan, Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi 15.10.2020-yilda qabul qilingan № OʻRQ-641 sonli qonunini mazmun mohiyati ham tushuntirib oʻtildi.

Slide 1 of 4