Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat Bahronjon Yusupov hamda O‘zbekiston XDP Jondor tumani kengashi raisi B.Enazarov hamkorligida “Namgoni” MFY hududida yashil bog‘ tashkil etish uchun hashar tashkil etildi.
Hasharda “mahalla yettiligi”, qishloq oqsoqollari, mahalla faollari ishtirok etib, ezgu niyatlar bilan ko‘chatlar ekdilar. Bunday namunali ishlar tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etish maqsad qilingan.