Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
1) Bulung‘ur tumanini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda joriy yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari to‘g‘risida tuman hokimi S.Astonovning hisoboti.
2) 2026-yilda Bulung‘ur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining muhokamasi
to‘g‘risida.
3) Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, mahallalarda
xavfsiz muhitni yaratish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar to‘g‘risida tuman prokurori v.v.b Z.Xamdamovning axboroti.
4) Tumanda 2025-yil 2-yarim yilligi davomida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Abdiyevning axboroti.
5) Bulung‘ur tumanida 2025-yil davomida kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J.Saidovning hisoboti.
6) Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi