Yangiliklar

DЕPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A. Djabborov tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida Hamza mahalla fuqarolar yig‘ini binosida qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etayotgani aniqlandi. Ayni paytda binoga eshik-romlar o‘rnatilib, zamonaviy isitish tizimi montaj qilinmoqda.

Bugun amalga oshirilayotgan har bir qurilish, har bir yangilanish — ertangi kunimiz poydevoridir. Mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari aholining turmush sharoitini yaxshilash, qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4