Yangiliklar

Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov Ziyokorlar va Islomobod mahallalarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida olib borilayotgan ishlar ilan tanishdi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ro‘yxatdan o‘tish ishlari belgilangan tartibda hamda jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayoni aholining to‘liq qamrab olinishini ta’minlash, mavjud ma’lumotlarni aniqlash va yangilashga qaratilgan bo‘lib, tegishli tashkilotlar hamkorligida olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda xalq vakillari aholini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etmoqdalar.

Slide 1 of 1