🔹O‘rganishlarda aniq bo‘ldiki, 11-maktab ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Biroq, maktab sport zali va kutubxonasi issiqlik tizimiga ulanmagan. Faollar zali esa ta’mirtalab holatda.
🔹Navbatdagi o‘rganish ob’ekti tumandagi 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ldi. Maktab rahbari yangi tayinlangan. O‘quv muassasasi ozoda va shinam, sinf xonalari issiq bo‘lsa-da, ayrim o‘quv xonalari issiqlik tizimiga ulanmaganligi aniqlandi.
🔹Deputat aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yubordi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati