Yangiliklar

📍Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 2-dekabr kuni o‘tkaziladi

📍Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 2-dekabr kuni o‘tkaziladi 

 

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 28-noyabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan” Xalq deputatlari viloyat Kengashi nazoratini o‘rnatish to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” PQ-12-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Maxmudov Temur Asomidinovichning hisoboti;

- Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;

- Avtomobillar yo‘llar qo‘mitasi tomonidan Xalqaro moliyaviy instituti mablag‘lari hisobidan xalqaro ahamiyatidagi A377 “Samarqand - Ayniy” avtomobil yo‘lining 0-37 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;

- O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida.

- Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 23-sentabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” VII-17-135-7-0-K/25-son qaror bilan ajratilgan mablag‘larning tejab qolingan qismini qaytadan yo‘naltirish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatida Renovatsiya loyihasini tashabbus qilish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish chizmasi loyihasini kelishish to‘g‘risida;

- Viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1