🔹Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-“Taqachi” saylov okrugidan saylangan deputat Tashmatov Nizmdjan Saydullayevich Taqachi mahallasi saylovchilari oldida 2025-yil 2-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
🔹Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonining 2-ilova, 27-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida aholi orasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, qolaversa, tinchlik va barqarorlikni qadrlash, halollik, shukronalik bilan hayot kechirish hamda to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik muhimligi bo'yicha tushuncha berib o‘tdi. Ushbu masalalarda aholi orasida targ‘ib qilish ishlarida mahalla yettiligini ham faollikka chaqirdi.