Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 4-Bekobod saylov okrugidan saylangan deputat Jumaboyev Xasan Yangi ovul mahallasi saylovchilari oldida joriy yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
Uchrashuvda mahalla yettiligining 6 oy mobaynida barcha yo‘nalishlardagi obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari, aholi bandligini ta‘minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Uchrashuv so'ngida mahalla yoshlari Toshkent viloyati DXX kubogida g'olib bo'lganligi munosabati bilan ularning ota-onalarini taqdirlash tadbiriga ulanib, tuman Madaniyat bo'limi xonandalari kuy-qo'shiqlari esa tadbirga yanada ko'tarinki kayfiyat berdi.