Tumanimizdagi "Parvona" mahallasida navbatdagi “Oila va xotin-qizlar maskani”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari F.Madaminova, Xalq deputatlari Mirobod tumani kengashi deputatlari F.Muxitdinova va R.Turdiyeva, IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektorlar S.Shukurullayeva va S.Baxmetova, tuman mahallalar uyushmasi boshlig'i G'.Eshonqulov, “Oqila ayollar” faollari hamda hamkor tashkilot mutaxassislar ishtirok etd.
Yangi maskanning asosiy maqsadi — xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini rivojlantirish, manzilli yordam ko‘rsatish va mustahkam, totuv oilalarni shakllantirishdir.
Bu yerda ayollar uchun huquqiy-maslaxat xizmatlari, psixologik ko‘mak, ma’naviy-ma’rifiy dastur, o‘quv seminarlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.