Yangiliklar

Mirobod tumanidagi qurilish maydonlarida changlanishning oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari bo'lib o'tdi

Mirobod tumanidagi qurilish maydonlarida changlanishning oldini olish maqsadida tashabbuskor deputatlar tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbiri natijasida, qurilish hududiga maxsus suv sepish uskunalari o‘rnatildi.

Ushbu tizim qurilish texnikasi harakatlanganda, materiallar yuklanishi yoki yer ishlari amalga oshirilayotganda havoga ko‘tariladigan zarrachalarni zudlik bilan bosib, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4