Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATI

 Fuqarolarning murojaat qilish huquqi inson huquqlari ta’minlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib, ushbu masala milliy qonunchiligimizda alohida mustahkamlangan. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining Saylovoldi dasturlaridlan kelib chiqqan holda partiya vakillarining o‘z saylovchilari bilan doimiy uchrashuvlari va fuqarolar qabullari tashkil etilmoqda. Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati Sayyora Ergashyeva o‘z saylov okrugidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolari yig‘inida fuqarolarni qabul qildi. Qabul jarayonida aholidan bank kredit, tibbiy yordam, sog‘lig'ini tiklash uchun moddiy yordam masalasida murojaatlar kelib tushdi. Muammolar joyida o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Slide 1 of 3