Yangiliklar

E’tibor va g‘amxo‘rlik - har bir inson uchun!

 Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan insonlarga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada Prezidentimiz tomonidan ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilingan bo‘lib, ularning ijrosi esa doimiy nazoratda hamda belgilangan rejalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati G.Abdullayeva “Samarqand" MFY raisi Z.Qurbonaliyev bilan hamkorlikda nogironligi bor, yotib qolgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida fuqarolarning yashash sharoiti o‘rganilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bundan
ko‘zlangan maqsad muhtoj insonlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, ularning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir.
  

Slide 1 of 2