“TEMIR DAFTAR” VA “SAXOVAT VA KOʻMAK” JAMGʻARMASI IJROSI OʻRGANILDI
Sessiya oldidan hududlarda ijtimoiy manzilli yordam koʻrsatish va mablagʻlardan toʻgʻri foydalanish holatini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Navbahor mahallasidagi oʻrganishlar:
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri X.Sultonov Navbahor mahallasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori ijrosini joyiga chiqqan holda oʻrgandi.
Qarorning asosiy mazmuni:
“Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish;
“Saxovat va koʻmak” mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini takomillashtirish.
Maqsad: Oʻrganish natijalari va aniqlangan masalalar Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida koʻrib chiqish uchun tayyorlanadi.