JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB VAZIFA
Fidokor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabida tuman Kengashi deputati Norqulov Ne’mat Absalomovich tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida 24 ta tavsiya asosida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularga barham berish, ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.