Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#biriktirilgan_tashkilot

Aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda yo‘l-transport tizimini takomillashtirish maqsadida 2027-yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar muhokama qilinmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimi S. Bektemirov hamda kotibiyatga biriktirilgan tashkilot — Tuman obodonlashtirish boshqarmasi vakili ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida 2027-yilgi davlat dasturlari loyihasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan ichki va markaziy yo‘llarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda hududlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muloqot jarayonida aholi murojaatlari, hududlardagi mavjud muammolar va eng dolzarb masalalarni dastur loyihasiga kiritish yuzasidan fikr almashildi hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 3