Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TINCHLIK MFYDA NAVBATDAGI O‘RGANISH

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B. Bayanasov tomonidan ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari davom ettirildi. Navbatdagi o‘rganish Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borildi.

O‘rganish davomida muassasaning sovuq mavsumga tayyorgarlik holati, xususan, isitish pechlarining texnik sozligi va foydalanishga tayyorligi, olib kelingan ko‘mir zaxirasining mavjudligi, uni saqlash sharoitlari hamda yoqilg‘i sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qish mavsumida tarbiyalanuvchilar va muassasa xodimlari uchun zarur harorat sharoitlarini yaratish, isitish uskunalaridan xavfsiz foydalanish hamda yoqilg‘i zaxirasini belgilangan talablarga muvofiq saqlash masalalari ko‘zdan kechirildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi bolalar salomatligini muhofaza qilish, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash va tarbiyalanuvchilar uchun qulay muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar orqali mavjud sharoitlarni baholash, aniqlangan kamchiliklarga e’tibor qaratish hamda mavsumga tayyorgarlik ishlarini talab darajasida tashkil etish masalalari nazoratga olinadi.

Slide 1 of 4