Ekspert guruhi faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida tuzulgan Ekspert guruhi a’zosi A.Axmurodov, Baxmal tumani ma'naviyat boʻlimi, “Mahalla yettiligi”, Baxmal tumani IIB xodimlari, ustozlar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirokida Baxmal tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Osoyishta sarhad — barchamizniki” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida:
🔹 zamonaviy tahdidlar va axborot xavfsizligi;
🔹 voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish;
🔹 internetdan xavfsiz foydalanish va kiberfiribgarliklardan himoyalanish;
🔹 yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda profilaktik choralar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar.