FUQAROLAR QABULI: SAYLOVCHILARNING MUROJAATLARI TINGLANDI
Aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimlarini izlash — xalq deputatlari Kengashi deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.
Tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov tomonidan Qirqishloq saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.
📍 Har bir murojaat — e’tiborda, har bir masala — yechim izlanishida!